Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

Ramzan Qodirov Vladimir Putindan o‘zining Checheniston rahbarligi lavozimidan ketishiga ruxsat ololmadi. U Rossiya prezidenti bilan mazkur masalani 7 may kungi uchrashuvda muhokama qilmoqchi edi. «Bugun prezidentdan so‘rayman. Nima desa, shu bo‘ladi. Nega endi yo‘q? Biz barchasini qildik, hammasini qurdik. Agar yana kimdadir muammo paydo bo‘lsa — qaytamiz!» — degan Putin bilan suhbatdan oldin «Kommersant» nashriga.

Uchrashuv davomida Ramzan Qodirov Checheniston iqtisodiyoti, sanoat ishlab chiqarishi va qurilishning o‘sishi, ishsizlikning qisqarishi haqida hisobot bergan.

Putin bilan uchrashuvdan keyin Ramzan Qodirov «protokoldan tashqari qator muhim mavzularni» muhokama qilgani va «to‘liq tushunish va qo‘llab-quvvatlov» olganini yozib qoldirdi. «Yakunda Vladimir Vladimirovich internetdagi so‘nggi muhokamalarga izoh berib, yana Mark Tvenning mashhur so‘zlarini keltirdi: «Mening o‘limim haqidagi mish-mishlar juda bo‘rttirilgan». Hali ko‘p ishlashimiz kerakligini qo‘shimcha qildi. Oliy bosh qo‘mondon buyrug‘ini bajaraman!» — deydi Qodirov.

Kiritildi: 11:58 09.05.2025. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!