Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

49 ta nemis kompaniyasi Adolf Hitlerning hokimiyat tepasiga kelishida aybi borligini tan oldi

49 ta nemis kompaniyasi Adolf Hitlerning hokimiyat tepasiga kelishida aybi borligini tan oldi

49 ta nemis kompaniyasi, jumladan, Adidas, Volkswagen, Bosch va BMW 1930 yili Germaniyadagi milliy-sosialistik rejimga ko‘maklashishdagi aybini tan olib, qo‘shma bayonot imzoladi. Hujjat Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri tomonidan e’lon qilindi.

Bayonotda qayd etilishicha, biznesning ishtirokisiz Adolf Hitler 1933 yilda hokimiyat tepasiga kelishi imkonsiz bo‘lgan bo‘lardi. Mualliflarga ko‘ra, nasistlar tomonidan o‘sha davrda sodir etilgan jinoyatlar xotirasini saqlash — biznes zimmasiga ham yuklanadi.

«1933 yil hamda undan keyin ko‘pchilik sukut saqladi va yuz o‘girdi. Bu esa bizning mas’uliyatimizni yuzaga keltiradi — o‘tmish, hozirgi zamon va kelajak uchun», — deyiladi hujjatda.

Hujjatni imzolaganlar orasida Bayer, BASF, Bosch, Evonik, Siemens, Deutsche Bahn, Volkswagen, Lufthansa i Rheinmetall va Adidas kompaniyalari ham bor.

Kiritildi: 11:40 09.05.2025. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!