Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shahid-Rajai portlashida katta talafot: 70 qurbon, 1,2 ming jabrlanuvchi va milliardlik zarar

Shahid-Rajai portlashida katta talafot: 70 qurbon, 1,2 ming jabrlanuvchi va milliardlik zarar

Eronning 26 aprel kuni Shahid-Rajai portida sodir bo‘lgan portlashdan ko‘rgan zarari taxminan 3-5 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Eron telekommunikasiya va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Muhammad-Muhsin Sadr ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, yetkazilgan zarar ko‘lamiga qaramay, mamlakat hodisa oqibatlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida bartaraf etishga umid qilmoqda.

Shahid-Rajai portida portlash kimyoviy moddalar omborida sodir bo‘ldi. Portlash kuchli yong‘inni keltirib chiqardi, unda 70 ga yaqin odam omon qolmadi, yana 1,2 ming kishi jabrlandi.

Eron hukumati portlashlarga aloqadorlikda gumon qilingan ikki kishini qo‘lga oldi.

Kiritildi: 18:00 05.05.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!