Yevropa Ittifoqi Britaniyaga jinoyat va noqonuniy migrasiyaga oid ma’lumotlar bazalariga kirishga ruxsat bermaslikka qaror qildi. Bu haqda Times gazetasi xabardor manbalarga tayanib yozmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Britaniya tomoni Bryusselning rad javobidan xafa, chunki bu "noqonuniy migrasiya kabi sohalardagi hamkorlikni ancha qiyinlashtiradi".
Ushbu ma’lumotlar bazalariga kirish Britaniyaga boshpana so‘rovlarini tezroq ko‘rib chiqish imkonini beradi, deb yozadi Times.
Mart oyi oxirida Buyuk Britaniya boshpana olish rad etilgan migrantlarni Bolqon mamlakatlariga deportatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi . Britaniya Albaniya , Serbiya , Bosniya va Gertsegovina, shuningdek, Shimoliy Makedoniya bilan muhojirlarni deportatsiya qilish imkoniyatini muhokama qilmoqchi . Shu bilan birga, Times manbalariga ko‘ra, avvalgi Britaniya hukumati ushbu Afrika mamlakatiga noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish rejasini faol ravishda ilgari surganiga qaramay, hukumat Ruandaga boshpana izlovchilarni yuborishni rad etmoqda.