Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil G‘azo bolalarini ochlikdan o‘ldirishda davom etmoqda

Isroil G‘azo bolalarini ochlikdan o‘ldirishda davom etmoqda

Jinoyatchi Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari so‘nggi 24 soatlik hisobot davrida kamida 40 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deydi qamaldagi hududdagi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

"Oxfam"ning G‘azodagi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha rahbari Mahmud Alsakkaning "Al Jazeera"ga aytishicha, "butun dunyo, afsuski, ikki oydan ko‘proq vaqt oldin boshlangan blokadaga qarshi hech qanday chora ko‘rmasdan, G‘azodagi bolalarning och qolishiga hissa qo‘shmoqda yoki ishtirok etmoqda."

Falastin rasmiylariga ko‘ra, G‘azoda besh yoshgacha bo‘lgan 3,5 mingdan ortiq bola "ochlikdan o‘lish xavfi ostida" va yana 290 mingga yaqin bola "o‘lim yoqasida," chunki Isroil bolalar aralashmasi, oziq-ovqat qo‘shimchalari va barcha turdagi gumanitar yordamning kirib kelishiga to‘sqinlik qilishda davom etmoqda.

Kiritildi: 21:36 04.05.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!