Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

"Inter" - "Barselona" javob uchrashuvini polshalik hakamlar boshqaradi

"Inter" - "Barselona" javob uchrashuvini polshalik hakamlar boshqaradi

UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Milanning "Inter" va Kataloniyaning "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yiniga bosh hakam tayinlanganini e’lon qildi.

Mazkur bellashuvni polshalik Shimon Marsinyak boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. VAR tizimida Niderlandiya vakili Dennis Xagler ishlaydi.

Italiya va Ispaniya jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 6 may, seshanba kuni Milandagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinda "Barselona" va "Inter" 3:3 hisobida durang qayd etishgandi.

Kiritildi: 16:27 04.05.2025. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!