Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning G‘azoga bergan oxirgi zarbalarida 39 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga bergan oxirgi zarbalarida 39 kishi halok bo‘ldi

Isroil Qurolli kuchlari (SAXAL) tomonidan G‘azo sektoriga uyushtirilgan so‘nggi havo zarbalari natijasida kamida 39 kishi halok bo‘ldi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2025 yil 18 martdan buyon davom etayotgan harbiy operasiyalar natijasida anklavda halok bo‘lganlar soni 2 300 nafardan oshgan, jarohat olganlar esa 6 000 nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Isroil tomoni 18 mart kuni “HAMAS Amerika tomoni taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagi shaxslarni ozod qilish bo‘yicha rejani rad etgani”ni asos qilib, harbiy harakatlarni qayta boshlagan.

Ayni vaqtda mintaqadagi gumanitar vaziyat jiddiy ravishda yomonlashib bormoqda. Xalqaro tashkilotlar tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotganini ta’kidlab, zudlik bilan otishmalarni to‘xtatishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 14:33 04.05.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!