Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning Xarkovga uyushtirgan hujumi oqibatida 50 ga yaqin kishi jarohat oldi

Rossiyaning Xarkovga uyushtirgan hujumi oqibatida 50 ga yaqin kishi jarohat oldi

"Rossiya tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujum Xarkov shahrining Slobodskoy, Saltovskiy, Kiyev va Osnovyanskiy tumanlariga to‘g‘ri keldi. Zarbalar oqibatida uy-joylar, , fuqarolik infratuzilmasi va avtomobillar zarar ko‘rdi", — deya xabar bermoqda mahalliy harbiy-ma’muriy boshqarma rahbari Oleg Sinegubov.

Shahar meri Igor Terehovning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida 46 nafar inson jarohatlangan.

"Bu yerda hech qanday harbiy nishon bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin ham emasdi. Rossiya aynan odamlar uyda bo‘lgan, farzandlarini uxlatayotgan paytda uy-joylarni nishonga olmoqda. Bunday buyruqlarni faqat vahshiylar bera oladi va ular tomonidan bajariladi. Dunyo qaror qabul qilishda sustkashlik qilayotgan bir vaqtda, Ukrainada deyarli har bir tun dahshatga aylanmoqda va buning oqibatida odamlar halok bo‘lmoqda. Ukrainaga havo hujumidan mudofaani kuchaytirish zarur. Bizga AQSH, Yevropa va tinchlikka intilayotgan barcha hamkorlarimizdan kuchli va real qarorlar kerak. Faqat kuch va sanksiyalar Rossiyani to‘xtatishga majbur qiladi", — deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegram-kanalida.

Kiritildi: 10:50 03.05.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!