Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

DW: Qozog‘iston hukumati Rossiya Davlat dumasi vise-spikeri va to‘rt nafar deputatinining mamlakatga kirishini taqiqladi

 DW: Qozog‘iston hukumati Rossiya Davlat dumasi vise-spikeri va to‘rt nafar deputatinining mamlakatga kirishini taqiqladi

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, taqiq ushbu shaxslarning Qozog‘iston Respublikasi va uning rahbariyatiga nisbatan haqoratomuz va dushmanona bayonotlari sabab bo‘lgan. “Qora ro‘yxat”dan Rossiya Davlat dumasi vise-spikeri Pyotr Tolstoy, Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Nikonov, “Edinaya Rossiya” partiyasi deputatlari Yevgeniy Fyodorov va Konstantin Zatulin, shuningdek, “Rossotrudnichestvo” rahbari va Davlat dumasining sobiq deputati Yevgeniy Primakov joy olgan.

Avvalroq Tolstoy Ukrainadan keyin Rossiya uchun Qozog‘iston “navbatdagi muammoga” aylanishi mumkinligini bildirgandi.Tolstoy, shuningdek, Olmaotani “ruslar tomonidan qurilgan Verniy shahri” deb atagan va Qozog‘istonni Rossiyadan uzoqlashish uchun “o‘z tarixini o‘ylab topishga” urinishda ayblagan.

Nikonov federal televideniyadagi chiqishida “Qozog‘iston shunchaki mavjud emas” deya fikr bildirib, zamonaviy Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deya ta’riflagan. Fyodorov Nikonovning fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan va Rossiya Qozog‘istondan o‘z hududlarini qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini aytgan. Bundan tashqari, Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston “xalqaro huquqlarga muvofiq SSSR tarkibidan chiqmagan”, bu esa uning davlatchiligi “to‘liq qonuniy emasligini” anglatadi.

"Deputatlardan tashqari, propagandachilar Tina Kandelaki va Tigran Keosayan, siyosatshunos Nikita Mendkovich, “rus dunyosi” mafkurachisi Aleksandr Dugin hamda rossiyalik tarixchi Andrey Grozin ham Qozog‘iston hukumati tomonidan “persona non grata”, deb e’lon qilingan", deyiladi DW xabarida.

Kiritildi: 10:43 03.05.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!