Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida o‘zini poyezd ostiga tashlagan ayol vafot etdi

Toshkent viloyatida o‘zini poyezd ostiga tashlagan ayol vafot etdi

30 aprel kuni Chinoz tumanida yashagan 1995 yilda tug‘ilgan ayol “Toshkent-Samarkand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tez yurar yo‘lovchi poyezdi tagiga o‘zini tashlashi oqibatda vafot etgan. Bu haqda Bosh prokurotura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 30 aprel tongda ayol o‘zini poyezd ostiga tashlagani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 10:29 03.05.2025. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!