Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bugun Green Card natijalari e’lon qilinadi. Green Card natijalarini qanday aniqlash mumkin?

Bugun Green Card natijalari e’lon qilinadi. Green Card natijalarini qanday aniqlash mumkin?

Green Card natijalarini tekshirish uchun qisqa yo‘riqnoma:

1. Rasmiy veb-saytga o‘ting
Green karta natijalarini tekshirish uchun www.dvlottery.state.gov saytiga kirishingiz kerak.
2. “Entrant Status Check” bo‘limiga o‘ting
Saytda “Entrant Status Check” (Kirish holatini tekshirish) bo‘limini toping va unga bosing.
3. Ma’lumotlarni kiriting
• Confirmation Number: Ariza topshirganingizda olgan tasdiq raqamingizni kiriting.
• Last Name: Familiyaingizni to‘liq kiriting.
• Year of Birth: Tug‘ilgan yilingizni tanlang.
4. Natijalarni ko‘ring

Barcha kataklar to‘ldirilgach, “Submit” tugmasi bosiladi. Undan keyin, agar ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, arizani tekshirish oynasi ochiladi. Shu bilan natijalarni tekshirish mumkin bo‘ladi.

Natijalarni havola orqali tekshirish mumkin.

Agar sizni tanlab olishgan bo‘lsa, aniq ko‘rsatmalar bo‘yicha davom etishingiz mumkin. Agar tanlanmagan bo‘lsangiz, keyingi yil uchun ariza topshirish imkoniyatini kuting.

Kiritildi: 09:38 03.05.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!