AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh retsessiyaga duch kelishi mumkinligini tan oldi, ammo u mamlakat iqtisodiyoti oxir-oqibat yaxshi bo‘lishiga ishonadi.
Oq uy rahbari NBC telekanaliga bergan intervyusida o‘z nuqtai nazarini bildirdi.
"Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Lekin menimcha, biz mamlakat tarixidagi eng kuchli iqtisodga ega bo‘lamiz", dedi u retsessiya ehtimoli haqidagi savolga.
Tramp bu masaladan xavotirda emasligini va AQSh iqtisodi “o‘tish davrida” ekanligini va u juda yaxshi holatda chiqishini qo‘shimcha qildi.