Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT: Ukrainada ko‘chirilgan fuqarolar odam savdosining qurboniga aylanishi mumkin

BMT: Ukrainada ko‘chirilgan fuqarolar odam savdosining qurboniga aylanishi mumkin

Qurolli to‘qnashuvlar tufayli Ukraina ichida majburiy ravishda ko‘chirilgan shaxslar odam savdosiga, ayniqsa, jinsiy ekspluatasiya maqsadida inson savdosiga tushib qolish xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan yakuniy xulosalarda ta’kidlangan.

Hujjatda qayd etilishicha, qo‘mita Ukrainada, ayniqsa, ayollar va qizlar o‘rtasida jinsiy ekspluatasiya maqsadida odam savdosi hali ham keng tarqalganidan qattiq tashvishda. “Qo‘mita qurolli mojaro oqibatida mamlakat ichida ko‘chirilgan shaxslar odam savdosi qurboniga aylanish xavfi yuqori ekani to‘g‘risidagi xabarlardan ham xavotirda”, — deyiladi matnda.

Shu munosabat bilan BMT mutaxassislari Ukraina hukumatini odam savdosining barcha holatlarini to‘liq tekshirish, aybdorlarni jazolash va jabrlanuvchilarga tovon to‘lash choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Qiynoqlarga qarshi qo‘mitaning 82-sessiyasi joriy yilning 7 aprelidan 2 mayigacha bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Monako, Turkmaniston, Fransiya, Mavrikiy va Ukrainadagi vaziyatlar ko‘rib chiqildi. Qo‘mita 10 nafar mustaqil ekspertdan iborat bo‘lib, Qiynoqlarga qarshi konvensiya doirasidagi davlat majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.

Kiritildi: 22:05 02.05.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!