Pokiston Kashmirdagi terakt yuzasidan shaffof, xolis tergov o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Bu haqda mamlakat axborot vaziri Attaulla Tarar “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tergov nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
"Pokiston bu masala bo‘yicha shaffof va xolis tergov o‘tkazish niyatini juda aniq bildirdi. Bu har qanday xalqaro forumda, har qanday ishonchli forumda sodir bo‘lishi mumkin", - dedi u.