Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.
"Gap Rossiya davlat aktivlari haqida ketmayapti. So‘nggi oylar davomida Moskva Rossiyadagi g‘arblik investorlarning mablag‘larini musodara qilgani sababli Euriclear shunday harakat qilmoqda", deya xabar beradi agentlik manbalar va hujjatlarga tayanib.
Qayd etilishicha, Rossiyaning depozitariyda muzlatilgan mablag‘lari investorlar uchun kompensasiya sifatida ishlatiladi. Manvalarga ko‘ra, Euroclear 2022 yilda Yevroittifoq sanksiyalariga uchragan rossiyalik shaxslar va tashkilotlarga tegishli 10 milliard yevrodan 3 milliardini qayta taqsimlaydi.
Reuters buni “Evroittifoqning javob choralarida yangi bosqich” deb baholamoqda. O‘tgan yil oxirida sanksiya rejimining o‘zgartirilishi bunday to‘lovlarni amalga oshirish imkonini berdi. To‘lovlar Rossiya Markaziy bankining 200 milliard yevrodan ortiq zaxiralariga taalluqli emas, ammo muzlatilgan aktivlar umumiy hajmini kamaytiradi.
Agentlik qaysi investorlar kompensasiya olishini aniqlay olmadi, shuningdek, qaysi rossiyaliklarning aktivlari yechib olinishi ham noma’lum.