So‘nggi kunlardagi keskinlikka qaramay, Hindiston va Pokiston o‘rtasida diplomatik kanallar ishlamoqda. Bu haqda Pokiston Axborot vazirligi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar Kashmirda sayyohlarga hujum qilinishi va buning oqibatida 26 nafar odam halok bo‘lganidan keyin yomonlashgan edi. Nyu-Dehli ushbu hujumda Pokistonni ayblamoqda, Islomobod esa bu ayblovni rad etmoqda.