Bu haqda “Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) tashkilotining 2025 yilgi hisobotida qayd etildi.
Hisobotda 180 ta mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari holati beshta mezon – siyosiy mazmuni, huquqiy baza, iqtisodiy muhit, ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar va xavfsizlik asosida baholangan.
Qayd etilishicha, 180 davlatdan 160 tasida ommaviy axborot vositalari barqaror faoliyat yurita olmayapti yoki faqat juda qiyin sharoitda faoliyat yuritmoqda. Qariyb uchdan bir mamlakatda ommaviy axborot vositalari iqtisodiy sabablar bilan yopilgan, ko‘p hollarda bunga rasmiy bosim sabab bo‘lgan. 46 davlatda matbuot faqat bir necha boy shaxslar tomonidan nazorat qilinadi. Rossiya ham shular qatorida tilga olingan.
Rossiya RSF reytingining eng o‘nligiga kirgan. Mamlakat bir yilda 9 pog‘ona pastlab, 171-o‘rinni egalladi (100 ballik tizimda 24,57 ball), bu reytingdagi eng yomon natijalardan biri. Rossiya Misr va Nikaragua bilan bir qatordan joy olgan.
Postsovet davlatlari ichida eng yomon ko‘rsatkich Turkmanistonda – 174-o‘rin (19,14 ball). Bundan pastda faqat Afg‘oniston, Eron, Suriya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Eritreya joylashgan.
Belarus (166-o‘rin, 25,73 ball) va Ozarboyjon (167-o‘rin, 25,47 ball) Rossiyadan yuqoriroqda turibdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari ham past pog‘onalarda joylashgan. Xususan, Tojikiston 153-o‘rinni (32,21 ball), O‘zbekiston 148-o‘rinni (35,24 ball), Qirg‘iziston 144-o‘rinni (37,46 ball), Qozog‘iston 141-o‘rinni (39,34 ball) egallagan.