Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uchastkasi savdoga qo‘yilmoqda

Xorazmda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uchastkasi savdoga qo‘yilmoqda

Xususiylashtirish dasturiga asosan 2025 yilda Xorazmda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uchastkasi savdoga qo‘yilmoqda.

“Bu xizmat ko‘rsatish, turizm va ishlab chiqarish sohalari uchun katta imkoniyat”,
- dedi davlatimiz rahbari.

Masalan, Urganch shahridagi o‘rganishlar natijasida 61 ming kvadrat maydoni, 21 gektar yeri bo‘lgan 45 ta davlat binosi aniqlandi. Ular negizida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo markazlari, ko‘ngilochar maskanlar qurib, kamida 500 kishini band qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Xiva shahrida faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan ob’ektlar bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Angarik mahallasidagi bo‘sh maydonda ma’muriy binolar qurilib, Xiva shahridagi barcha davlat tashkilotlari shu yerga ko‘chiriladi.

Mutasaddilarga Urganch, Xivadagi barcha ma’muriy binolarni savdoga chiqarish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqish topshirildi.

Kiritildi: 13:07 02.05.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!