29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:25da Xitoyning Lyaoyan shahri, Bayta tumani, Sanlichjuan qishlog‘idagi restoranda yong‘in sodir bo‘ldi.
Global Times gazetasining 14:00 holatiga ko‘ra, yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jarohatlangan.
The Paper axborot portalining yozishicha, Xitoy rahbari Si Szinpin Bayta tumanidagi yong‘in yuzasidan muhim ko‘rsatmalar berib, jabrlanganlarga maksimal darajada tibbiy yordam ko‘rsatish, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga har tomonlama yordam ko‘rsatish, yirik ofatlarning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.