Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Vengriya parlamenti mamlakatning Xalqaro jinoiy suddan chiqishini ma’qulladi

Vengriya parlamenti mamlakatning Xalqaro jinoiy suddan chiqishini ma’qulladi

Vengriya parlamenti mamlakatning Xalqaro jinoiy suddan chiqishini ma’qulladi.

"Vengriya parlamenti hozirgina XJSdan chiqish uchun ovoz berdi. Bu qaror bilan biz xolislik va obro‘sini yo‘qotgan siyosiylashtirilgan institutning bir qismi bo‘lishdan bosh tortamiz", — deya ma’lum qildi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.

TASS agentligi xabariga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi deputatlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Vengriya hukumati XJSdan chiqish istagini aprel oyi boshida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Budapeshtga tashrifi chog‘ida e’lon qilgan edi. Netanyahuga nisbatan XJS tomonidan hibsga olish orderi mavjud, biroq Vengriya rasmiylari uni hibsga olmagandi.

Vengriyaning suddan chiqish jarayoni bir yilgacha vaqt olishi mumkin. Mamlakat XJSning Rim statutini 2001 yilda imzolagan.

Kiritildi: 19:02 29.04.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!