Ispaniyada elektr ta’minotining keng ko‘lamli uzilishi sabablari bo‘yicha tergov boshlandi, kibersabotaj versiyasi istisno qilinmayapti.
Bu haqda El Pais yozmoqda.
"Ispaniya milliy sudi dushanba kuni sodir bo‘lgan Ispaniya elektr tarmog‘idagi uzilish "Ispaniyaning muhim infratuzilmasiga qarshi kibersabotaj harakati" bo‘lishi mumkinligini tekshirish uchun ish ochdi," - deyiladi materialda.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu versiya tasdiqlangan taqdirda, jinoyatchilarning harakatlari terrorchilik harakati sifatida baholanishi mumkin.
Sud qisqa vaqt ichida Red Electrica elektr tarmoqlari operatoridan hisobot talab qilishga qaror qildi. O‘n kun ichida nosozlikning aniq sabablari ko‘rsatilishi kerak.