Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli F/A-18 Super Hornet qiruvchi samolyoti Yamandagi husiylarga qarshi operasiya doirasida Qizil dengizda joylashgan USS Harry Truman aviatashuvchisining palubasidan suvga qulab tushgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ma’lum qilishicha, samolyotni tortib borish chog‘ida ekipaj boshqaruvni yo‘qotgan va natijada samolyot hamda tortuvchi transport vositasi bortdan qulab tushgan. Ekipaj a’zolari qutqarilgan, bir dengizchi yengil jarohat olgan.
samolyotning dengizga qulashiga sabab bo‘lgan. 28 aprel kuni husiylar USS Harry Truman aviatashuvchisiga dronlar va raketalar bilan zarba berganini e’lon qilgan edi.