Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minoti tiklandi

Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minoti tiklandi

Ispaniyaning Red Eléctrica elektr tarmoqlari operatorining ma’lum qilishicha, 29 aprel kuni Ispaniyada elektr ta’minoti 99 foizga tiklangan.

Portugaliyaning tarmoq operatori REN esa 29 aprel tongida 89 ta podstansiyaning 85 tasi tarmoqqa qayta ulan ganini bildirdi.

Madrid metrosi 29 aprel tongida ishga tushdi, biroq uning yo‘nalishlaridan biri hali ishlamayapti. Barselonada esa uchta metro yo‘nalishi hali ham yopiq. Shuningdek, Ispaniyada shahar atrofi va shaharlararo temiryo‘l qatnovi hali to‘liq tiklanmagan.

Ispaniya va Portugaliyada elektr ta’minoti 28 aprel kuni kunduzi uzilib qolgandi. Metro poyezdlari to‘xtadi, svetoforlar o‘chdi, telefon aloqasi va bankomatlar ishlamay qoldi. Madrid aeroporti vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi, Portugaliya va Ispaniyaning boshqa aeroportlarida esa elektr ta’minoti uzilishi sababli ko‘plab reyslar bekor qilindi. Keng ko‘lamli uzilishga nima sabab bo‘lgani hali rasman e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 12:54 29.04.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!