Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning aytishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan yangi kelishuv Eronning barcha yadroviy inshootlarini yo‘q qilish va uning ballistik raketa dasturi ustidan nazoratni o‘z ichiga olishi kerak.
G‘arbiy Quddusdagi anjumanda so‘zlagan Netanyaxu samarali kelishuv Eronni yadroviy qurol yaratish uchun uranni boyitish imkoniyatidan butunlay mahrum qilishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, u muzokaralarda Eronning raketa dasturini muhokama qilish kerakligini qayd etdi.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Ismoil Bag‘iyning aytishicha, Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarda mudofaa va raketa masalalari ko‘tarilmaydi va muhokama qilinmaydi.
2018-yilda AQSh prezidenti Donald Tramp AQShni Eron yadroviy kelishuvidan chiqargan va Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga muzokaralar o‘tkazishga chaqirgan maktub yo‘llagan va unda tahdidlar ham bor edi.
Eron bu xabarga Ummon orqali javob berdi.
Keyinroq Tehron va Vashington ikki raund bilvosita muzokaralar o‘tkazdi: 12 aprel kuni Ummonda va 19 aprel kuni Rimda. Har ikki tomon taraqqiyotga erishayotganini aytdi.
26 aprel kuni Ummon poytaxti Maskatda Ummon tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamed al-Busaydiy vositachiligida muzokaralarning uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar ekspertlar darajasida va yuqori martabali diplomatlar ishtirokida o‘tkazildi.