Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyaning sharqida 27 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:09 da 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar berdi.

Zilzila markazi 298 ming kishi yashovchi Eloziq (Elazig‘) shahridan 44 km janubi-g‘arbda joylashgan. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i chuqurligi — 10 km.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va buzilishlar haqida xabar kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Eloziqdan taxminan 1 200 km g‘arbda joylashgan Istanbulda magnitudasi 6,2 ballgacha yetuvchi bir nechta zilzila sodir bo‘lgandi.

Kiritildi: 05:09 28.04.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!