Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi. U yadro dasturi bilan bog‘liq

Rossiya sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi. U yadro dasturi bilan bog‘liq

Reuters tahliliy ma’lumotlarga asoslanib xabar berishicha, Kremlning yadroviy tarkibli yangi turdagi kosmik qurollar yaratish dasturiga aloqador deb hisoblanayotgan Rossiyaning maxfiy "Kosmos-2553" sun’iy yo‘ldoshi ehtimol ishdan chiqqan.

Rossiya "Kosmos-2553"ni 2022 yil fevralda Ukrainaga keng ko‘lamli bosqindan sal oldin orbitaga chiqargan edi. AQSh hukumati fikriga ko‘ra, bu sun’iy yo‘ldosh Rossiyaning kosmosga Amerika sun’iy yo‘ldoshlarini yo‘q qila oladigan yadro qurolini joylashtirish rejalari bilan bog‘liq. Kreml bu ayblovlarni rad etmoqda.

"Kosmos-2553"ning g‘alati harakatlarini 2024 yil noyabrda LeoLabs kompaniyasi radari qayd etgan edi. Dekabr oyidagi qo‘shimcha kuzatuvlar sun’iy yo‘ldosh "nazoratdan chiqib aylanayotgani" haqida "yuqori ishonch bilan" xulosa chiqarishga imkon berdi.

"Bu kuzatuv sun’iy yo‘ldoshning endi ishlamayotganini ishonchli tarzda ko‘rsatmoqda," deya ta’kidladi Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi LeoLabs ma’lumotlarini sharhlayotib.

"Roskosmos" bayonotiga ko‘ra, "Kosmos-2553" sun’iy yo‘ldoshi "radiasiya va og‘ir zaryadlangan zarralar ta’siri sharoitida sinovdan o‘tkazish uchun ishlab chiqilayotgan bort asboblari va tizimlari" bilan jihozlangan.

Kiritildi: 22:10 26.04.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!