Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi

Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 18:16 23.04.2025. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!