Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Dubayda o‘zbekistonliklar o‘rtasida pichoqbozlik bo‘ldi

Dubayda o‘zbekistonliklar o‘rtasida pichoqbozlik bo‘ldi

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Dubayda o‘zbekistonliklar o‘rtasida pichoqbozlik bo‘lgani va buning oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov mazkur holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Dubay shahrida o‘zbekistonliklar o‘rtasida yuzaga kelgan holat bo‘yicha aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.

“BAA tomoni mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi”, deydi Ahror Burhonov.

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlangan.

“Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. O‘zbekiston fuqarolarini xorijdagi yurtdoshlarimiz sha’niga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, deydi TIV voizi.

Kiritildi: 14:57 25.04.2025. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!