Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

SSKA Abbosbek Fayzullayevni qancha sotmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

SSKA Abbosbek Fayzullayevni qancha sotmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Bobsoccer.ru sayti insayder Ivan Karpovga tayanib xabar tarqatdi.

«Abbosbek Fayzullayev bo‘yicha hamma narsa xorijdan bo‘ladigan sifatli taklifga bog‘liq. Armiyachilar Abbosni faqat yaxshi pulga (kamida 12 million yevro), ammo juda ham yuqori bo‘lmagan, adekvat narxga qo‘yib yuborishga tayyor. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi Yevropaga ko‘proq intilayotgan bo‘lsa-da, uning agentlari bilan shartnomani uzaytirish muhokama qilinmoqda», — deb iqtibos keltiradi insayder Ivan Karpovning so‘zlarini futbol sayti.

Kiritildi: 11:50 25.04.2025. O'qildi: 2351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!