Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqandda haydovchi bir guruh piyodalarni "uchirib yubordi"

Samarqandda haydovchi bir guruh piyodalarni "uchirib yubordi"

2025 yil 11 aprel kuni soat 20:00da 1997 y.t. shaxs boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasini Samarqand shahri “Nurli yo‘l” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Rudakiy” ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:14 25.04.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!