Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina Rim papasining dafn marosimidan unumli foydalanib qolmoqchi

Ukraina Rim papasining dafn marosimidan unumli foydalanib qolmoqchi

Ukraina Italiya va Yevropa Ittifoqining boshqa asosiy ittifoqchilariga Rim papasi Fransiskning dafn marosimiga dunyo yetakchilari kelishi munosabati bilan Rossiya bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha sammit tashkil etish taklifi bilan murojaat qildi.

Bu haqda Italiyaning La Reppublica nashri yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, Ukraina Italiya va boshqa yevropalik hamkorlariga Ukraina bo‘yicha kengroq sammit tashkil etish iltimosi bilan diplomatik kanallar orqali murojaat qilgan. Gap shunchaki AQSh va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralar haqida emas, balki AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va, ehtimol, Germaniyani o‘z ichiga oladigan "Kvint" formatidagi uchrashuv haqida bormoqda.

Qayd etilishicha, Germaniya hukumati Pantifning dafn marosimida ishtirok etadigan kansler Olaf Shols Rimda bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi mumkinligini tasdiqlagan.

Tramp Italiyaga 25 aprel kuni kechqurun mahalliy vaqt bilan 26 aprel kuni soat 10:00 ga belgilangan Rim papasining vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun keladi. Va Oq uy Trampning ikki tomonlama uchrashuvlarining rasmiy ro‘yxatini hali e’lon qilmagan bo‘lsa-da, diplomatik manbalar nashrga ma’lum qilishicha, kamida uchta shunday muzokaralar tayyorlanyapti - Zelenskiy, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan.

Kiritildi: 15:28 25.04.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!