Erondan tashqari Yaman, Suriya, Livan va Iroqdagi qurolli guruhlar Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qilmoqda — OAV
Xabar berilishicha, havoda 200 dan ortiq turli xil dron va raketalar Isroil tomon harakatlanmoqda.
AQSh USS Duayt Eyzenxauer yadroviy aviatashuvchi kemasini Isroil tomon yo‘naltirdi.
Qo‘shma Shtatlar zarba guruhi 90 ta samolyot va vertolyotlar, raketa qurollari, RIM-7 Sea Sparrow havo mudofaa tizimlari, ikkita raketa kreyseri va to‘rtta raketa esminesini o‘z ichiga oladi.