Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

«Jamiyat qabul qilmagan qaror — noto‘g‘ri qaror» — Markaziy bank raisi

«Jamiyat qabul qilmagan qaror — noto‘g‘ri qaror» — Markaziy bank raisi

O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan bir kun avval qabul qilingan banklar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun valyuta operasiyalariga cheklovlar joriy etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinganini ma’lum qildi.

«Bir kun avval bank qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qaror qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Eng muhimi, bu qaror yuzasidan ijobiy fikrlarni ko‘rmadik», — dedi Markaziy bank rahbari.

«Biz bu qaror bo‘yicha ijobiy qarashlar, fikrlarni ko‘rmadik. Falsafada shunday tushuncha bor: jamiyat qabul qilmagan qaror, bu noto‘g‘ri qaror. U qaysi maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, biz xuddi shu tamoyildan kelib chiqib, kechasi bilan o‘tirib, bank qo‘mitasini to‘pladik. Ushbu qarorni bekor qilish bo‘yicha qo‘mita qaror qabul qildi», — dedi Nurmuratov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «liberalizasiyadan ortga qaytish haqida gap bo‘lishi mumkin emas».

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

«Buni unutinglar, bu tarix. Hech qanday ortga qaytish bo‘lmaydi. Maqsad komplayensni kuchaytirish edi, konvertasiyani cheklash emas», — deya tushuntirdi Mamarizo Nurmuratov.

Kiritildi: 17:21 16.09.2023. O'qildi: 2265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!