Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi tashkil etiladi

A A A
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi tashkil etiladi

🏥 Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ko‘p tarmoqli klinikasi tashkil etiladigan bo‘ldi.

Mazkur yangi muassasa 2023 yil 1 sentyabrdan Farg‘ona shahrida joylashgan 250 o‘rinli 2-shahar shifoxonasi negizida faoliyat boshlaydi. (https://uza.uz/uz/react/posts/fargona-zhamoat-salomatligi-tibbiyot-instituti-kop-tarmoqli-klinikasi-tashkil-etiladi_511069?q=%2Freact%2Fposts%2Ffargona-zhamoat-salomatligi-tibbiyot-instituti-kop-tarmoqli-klinikasi-tashkil-etiladi_511069)

🩺 Klinikada imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

📋 Uning xodimlari institut kafedralari bilan hamkorlikda o‘z ixtisosligi bo‘yicha respublika miqyosida maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi.

♻️ Xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajriba, axborotlar, shuningdek, mutaxassislar keng almashinuvini yo‘lga qo‘yadi.

📌 Hududiy tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy yordam beradi.

👨🏻‍⚕️ Institut professor-o‘qituvchilari, talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar, tibbiy ko‘riklar va maslahatlar tashkil qiladi.

❗️Qolaversa, institut klinikasi bo‘limlarida professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar amaliyot o‘taydi.

Kiritildi: 15:09 18.08.2023. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!