Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi” binosi xatlandi

A A A
Buxoroda “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi” binosi xatlandi

Yurtimizda tadbirkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Lekin, ayrim tadbirkorlarning biznes rejalari ish bermay, bankdan olingan kreditlar sud tartibida undirilmoqda.

Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda. Masalan, Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 12.06.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “El Cristal” mas’usliyati cheklangan jamiyati va “Steklo Plast Servis” oilaviy korxonasidan undiruvchi CHEKI “Hamkorbank” Andijon filiali foydasiga 70.689 AQSh dollari to‘lov muddati o‘tmagan kredit qarzdorligi, 35.344 AQSh dollari muddati o‘tgan kredit qarzdorligi, 2.125 AQSh dollari kredit foizi, 700 AQSh dollari penya, jami 108.859 AQSh dollari undirish, undiruvni “Steklo Plast Servis” oilaviy korxonasiga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar, Ibn-Sino ko‘chasida joylashgan, umumiy yer maydoni 3.969,0 kv. metr, qurilish maydoni 1.635,26 kv. metr, foydali maydoni 1.520,47 kv metrdan iborat “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi” binosiga qaratish haqidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Ijro harakatlari davomida “Steklo Plast Servis” oilaviy korxonasiga tegishli bo‘lgan va ijro hujjatida undiruv qaratilishi belgilangan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi” binosi tegishli tartibda xatlanib, qarzdorlik bartaraf qilinmagan taqdirda, mazkur bino elektron savdo maydonchasi orqali sotish maqsadida kimoshdi savdolariga chiqarilishi mumkinligi haqida qarzdor ogohlantirilgan hamda qonunchilikka muvofiq qarzdorlikni bartaraf etish uchun yana muddat berilgan.

Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 22:39 18.07.2023. O'qildi: 1858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!