Bundan tashqari, “Daftarlar” bilan bog‘liq jamg‘armalarga 118,6 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Ushbu raqam o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,9 mlrd so‘mga ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘yicha aholi soni reytingini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi soni bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallamoqda. Viloyatda 4,3 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi.
U avval temir to‘siqqa urilgan va avtobus bilan to‘qnashib ketgan.
Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda. Bu tarixiy voqelik nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Zero, mazkur nufuzli anjuman madaniyat, ta’lim, fan, innovasiyalar va shu kabi eng muhim sohalardagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun Odri Azule xonimga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
E’tibor homilador ekanini va qiynalayotganini aytishiga qaramasdan Ahtam uni yana urib, “chuqur kovlamasang, o‘ldiraman” deya tahdid qiladi. E’tibor qo‘rqqanidan taxminan 4–5 soat davomida ikki metrli chuqurni qazishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng, Ahtam ayolini chiqarib olish o‘rniga bo‘ynigacha tuproq tashlab, ustiga “Jiguli” rusumli avtomobili bilan yopib qo‘ygan.
Tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hodisa bo‘yicha tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga ma’muriy bayonnoma tuzildi.
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan 30 oktyabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yo‘llari yopiladi.
Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ogohlantirdi.
Ular 100 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 300 AQSh dollari va 1,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.