Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Milliy qadriyatlarimiz YUNESKO g‘oyalari bilan uyg‘un ekani e’tirof etildi

Milliy qadriyatlarimiz YUNESKO g‘oyalari bilan uyg‘un ekani e’tirof etildi

Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda. Bu tarixiy voqelik nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Zero, mazkur nufuzli anjuman madaniyat, ta’lim, fan, innovasiyalar va shu kabi eng muhim sohalardagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.
Anjumanning tantanali ochilish marosimida YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi raisi Xondker Muhammad Talxa nutq so‘zlab, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning “bilim va hikmat – insonning ziynatidir” deb yozgan misralarini tilga oldi.

– Bu so‘zlar O‘zbekiston Prezidentining yo‘lini – ta’lim, fan, meros, jamiyatga xizmat qilish va umumiy farovonlikka bag‘ishlangan yo‘lni juda yaxshi aks ettiradi, – dedi sessiya raisi.

Ushbu qadriyatlar YUNESKO g‘oyalari bilan hamohang bo‘lib, shu bois bugun O‘zbekistonning muhtaram Prezidenti biz bilan bir davrada ishtirok etayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Prezidenti Oliy Janoblarining yo‘li – bu o‘zida ilmiy bilimdonlikni, boshqaruv donoligini va mamlakat taqdiri uchun chuqur mas’uliyat hissini mujassam etgan haqiqiy davlat arbobining yo‘lidir.

Amaliy tajriba va strategik fikrlashga tayanib, u O‘zbekistonning rivojlanishi bo‘yicha zamonaviy tasavvurni shakllantirdi va uni jamiyat manfaati yo‘lida ishonch bilan amalga oshirmoqda.

Uning rahbarligida mamlakatda barcha yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan taraqqiyotga erishildi.

O‘zA muxbiri B.XUDOYBERDIYEV yozib oldi.

Kiritildi: 00:16 31.10.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!