Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqand aholi soni bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchiga aylandi

Samarqand aholi soni bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchiga aylandi

Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘yicha aholi soni reytingini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi soni bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallamoqda. Viloyatda 4,3 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi.

Farg‘ona viloyati 4,2 million aholisi bilan ikkinchi o‘rinda, Qashqadaryo viloyati esa qariyb 3,7 million aholi bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Aholi soni bo‘yicha ilk beshlikka quyidagi hududlar kirgan:

  • Andijon viloyati — 3,5 million kishi,

  • Toshkent shahri — 3,1 milliondan ortiq kishi.

Shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatlari aholisi har birida 3,1 million nafardan sal kamni tashkil etadi.

Aholisi eng kam bo‘lgan hududlar sifatida Sirdaryo viloyati (942 ming kishi) va Navoiy viloyati (1,1 million kishi) qayd etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Buxoro va Xorazm viloyatlarida har birida qariyb 2 million nafardan aholi istiqomat qiladi.

Kiritildi: 12:35 05.11.2025. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!