Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Samarqandda Cobalt haydovchisi rulda uxlab qolib, avariyaga uchradi

Samarqandda Cobalt haydovchisi rulda uxlab qolib, avariyaga uchradi

U avval temir to‘siqqa urilgan va avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Bugun, 2 noyabr kuni Samarqand shahri Afrosiyob mahallasi hududidan o‘tgan Shohizinda ko‘chasida Cobalt va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat IIBB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi Shohizinda ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtida uxlab qolishi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida joylashgan temir to‘siqqa urilgan.

Oqibatda avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan avtobus bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida Cobalt avtomobil haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan, transport vositalariga shikast yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:16 02.11.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!