Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida jami 10 trln 110,4 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ijro harakatlari natijasida 604 967 ta ijro hujjati bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinib, jami 5 trln 972,3 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari ijrosi ta’minlandi. Shu bilan birga, 2,5 trln so‘mga yaqin mablag‘ amalda undirildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 foizga oshdi.
Bundan tashqari, “Daftarlar” bilan bog‘liq jamg‘armalarga 118,6 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Ushbu raqam o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,9 mlrd so‘mga ko‘pdir.
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ijro ishlarining samaradorligini oshirish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar davom ettiriladi.