Qashqadaryolik tadbirkor, «Boyqo‘rg‘on pahlavoni» xususiy korxonasi rahbari Bekzod Berdiyev «Daryo»ga murojaat qilib, davlat rahbari qaroriga ko‘ra har bir oilani tadbirkor qilishga bel bog‘lagan Prezident jamoasiga qo‘shilganini, yurtdoshlarini tadbirkor qilish ilinjida o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shni Qozog‘istondan chorva mollari keltirib aholiga ulashayotganini aytar ekan, banklar uning qariyb 1 millard so‘m pulini o‘z vaqtida to‘lab bermay sarson qilayotganidan shikoyat qildi.
Taniqli qiziqchi Ortiq Sultonov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi kaliy zavodiga kelib, ishchilar bilan uchrashdi.
Hunarmandlar sulolasining oltinchi avlodi bo‘lgan Sharif Raupov G‘uzor tumanidagi Chaqar mahallasida istiqomat qiladi. Endigina 26 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, o‘zbek milliy zargarlik san’ati rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, deya xabar beradi O‘zA.
23 iyul kuni “Samarqand – Qarshi” uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi.Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar beradi.
Majburiy ijro byurosi direktori B.Qudratxodjayevning navbatdagi sayyor qabuli joriy yilning 28-29-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Yakkabog‘ tumanida tashkil etildi.
Joriy yilning 28 iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 35 yoshli SH.E. IIBga murojaat qilib, shu yil fevral oyidan 27 iyun kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyidagi 52800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
«Daryo»da Shahrisabz shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 iyun kuni 138 nafar bolaga 1 kilogramm go‘sht berilgani, qolaversa bolalar haqi — go‘shtdan urib qolish holatlari haqida maqola e’lon qilingan edi. Ushbu maqolaga Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi munosabat bildirdi.
Joriy yilning 8 iyul kuni soat 14.05 larda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashagan 1994 y.t. SH.Q. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Ettitom-Qarshi” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Annaro‘z qishlog‘ida yashovchi, 34 yoshli SH.L. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
2019 yil 29 iyun kuni soat 18:45larda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani Obod MFYda yashovchi 38 yoshli R.J. uyida o‘zaro janjal tufayli vaqtincha birga yashovchi qaynsinglisi, muqaddam sudlangan 30 yoshli R.SH.ni pichoq bilan jarohatlagan.
«Daryo» tahririyatiga kelib tushgan murojaatlarning birida Qashqadaryo viloyatidagi ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida bemor ayovsiz kaltaklangani xabar qilinadi. Murojaatchi Istat Ernazarova 1982 yilda tug‘ilgan qizi Mohichehra Tursunqulovani joriy yil 20 iyun kuni shifoxonaga olib kelganini, 22 iyun kuni esa qizining qo‘li, oyog‘i va tanasini ko‘kargan holda ko‘rganini yozadi.
2019 yil 25 may kuni soat 01:00larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Oqtosh MFY hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lining 16-km.da haydab ketayotib 21 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan.
2 iyul kuni Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da kollej bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.