Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan 2019/2020-o‘quv yili uchun pedagogik kadrlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etildi.
Aytishlaricha, bloger Sodiqov Ahror Qashqadaryo viloyati hokimi matbuot kotibi lavozimiga tavsiya etilibdi.
Avvalroq "ANIQ.UZ" saytida "Muborak" gazni qayta ishlash zavodi ishchilarining oyliklari qayerda?" nomli maqola chop etilgandi. "O‘zbekneftgaz" AJ ushbu maqola yuzasidan javob saytimizga javob qaytardi.
"Zed News" kanaliga kelib tushgan murojaatda "Muborak" gazni qayta ishlash zavodi ishchilari bir necha oydan beri mukofot pullari va kompensasiya ololmayotgani haqida yozilgan. Quyida uni to‘lig‘icha keltiramiz.
5 avgust kuni «Qashqadaryoda bir guruh harbiylar IIB xodimiga tazyiq o‘tkazdi» sarlavhali xabar chop etilgandi. Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati voqea tafsilotlarini ochiqladi.
6 avgust kuni tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov o‘z qilmishiga iqror bo‘lib, fermerdan uzr so‘radi. Fermer Bekzod Farmonov esa IIB boshlig‘ini kechirib, o‘rtadagi gina-kudratni unutishga va’da berdi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham Yakkabog‘da jamoatchilik bilan uchrashib, bo‘lib o‘tgan voqealar uchun uzr so‘radi.
Murojaatchi 38 yoshli homilador singlisi tug‘uruqxonaga o‘z oyog‘i bilan kirib borib, shifokorlarning uquvsizligi oqibatida vafot etganini aytmoqda. Nizom Abdullayevning so‘ziga ko‘ra, tumanda aprel–iyun oylari davomida 3 nafar ayol tug‘uruq paytida shifokorlar aybi bilan vafot etgan.
Qarshida tashkil etilgan “Xalqaro Ijtimoiy-iqtisodiyot universtiteti” abituriyentlardan hujjat qabul qilayotgani va kontrakt pulini to‘lagan har bir abituriyentni o‘qishga qabul qilishga va’da berayotgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim inspeksiyasi ogohlartirish e’lon qildi.
Bahriddin Isomovning advokati Muzaffar Odilov Mansur Tuymayevning yoqib yuborilishi hodisasini so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Juda ko‘pchilik xabar yo‘llab, Qarshi shahrida ochilgan yangi nodavlat universitet haqida ma’lumot berishimni so‘rashmoqda, deb yozadi bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.