Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

138 nafar bolaga 1 kg go‘sht bergan Shahrisabzdagi 15-bog‘cha mas’ullari jazolandi

138 nafar bolaga 1 kg go‘sht bergan Shahrisabzdagi 15-bog‘cha mas’ullari jazolandi

«Daryo»da Shahrisabz shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 iyun kuni 138 nafar bolaga 1 kilogramm go‘sht berilgani, qolaversa bolalar haqi — go‘shtdan urib qolish holatlari haqida maqola e’lon qilingan edi. Ushbu maqolaga Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi munosabat bildirdi.

Maqolada bog‘cha mudirasi va hamshirasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu bog‘chani go‘sht mahsuloti bilan «Pahlavon germes» kompaniyasi ta’minlashi haqida so‘z boradi. Aniqlanishicha, «Pahlavon germes» kompaniyasi bog‘chani 2019 yilning 1 iyuniga qadar go‘sht bilan ta’minlagan. 1 iyun kunidan boshlab esa, bog‘chani go‘sht bilan «Shahrisabz go‘sht mahsulotlari» xususiy korxonasi ta’minlab kelgan. “Shahrisabz go‘sht mahsulotlari” korxonasi 1 iyun kuni 15-MTTning xo‘jalik mudiri O.Sattarovga 20 kilogramm go‘sht yetkazib bergan.

Ta’kidlanishicha, 1 iyun kuni mudira tomonidan tasdiqlangan taomnomada 136 nafar bola kelganligi va 12,2 kg mol go‘shti berilganligi va bir bolaga 90 grammdan mol go‘shti to‘g‘ri kelganligi ko‘rsatilgan. 15-MTT mudirasi Hafiza Mahammadiyeva va hamshira Nargiza Bobomurodovaning e’tiborsizligi tufayli taomnomada ko‘rsatilgan jami go‘sht kilogrami 12,2 raqami o‘rniga 1 raqami qo‘yilgan va shu holatda qolib ketgan.

Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limining tan olishicha, 15-MTT taomnomasi o‘rganilganda 3 va 4 iyun kunlarida bolalarga go‘sht mahsuloti SanPiN me’yoriga nisbatan kam berilganligi aniqlangan.

Ma’lumot berishlaricha, Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan o‘rganilgan natijalarga ko‘ra, o‘z vazifasiga e’tiborsiz qaragan 15-MTT hamshirasi Nargiza Bobomurodova hamda xo‘jalik mudiri O.Sattarovga «hayfsan» intizomiy jazosi berilgan. 15-MTT mudirasi Hafiza Mahammadiyevaga navbatdagi intizomiy chora ko‘rish uchun viloyat maktabgacha ta’lim boshqarma boshlig‘i nomiga bildirgi kiritilgan. Ushbu bildirgiga asosan boshqarma boshlig‘ining 2019 yil 3 iyuldagi buyrug‘iga asosan bog‘cha mudirasiga ham «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llangan.

Kiritildi: 14:46 09.07.2019. O'qildi: 1772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!