Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MIB direktori navbatdagi sayyor qabulini Qashqadaryoda tashkil etildi

MIB direktori navbatdagi sayyor qabulini Qashqadaryoda tashkil etildi

Majburiy ijro byurosi direktori B.Qudratxodjayevning navbatdagi sayyor qabuli joriy yilning 28-29-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Yakkabog‘ tumanida tashkil etildi.
Sayyor qabulda jami 23 nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishdi. 
Sayyor qabul natijasiga ko‘ra 7 nafar fuqaroning murojaati to‘liq qanoatlantirilib, 7 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 9 nafar fuqarolarning murojaatlari qo‘shimcha o‘rganish talab etilganligi bois o‘rganish jarayonida. 
Qabul jarayonida, fuqaro N.Yuldasheva va O.Ochilovlarning sud qaroriga asosan qarzdor  Qarshi tuman "Agroservis" MTP MCHJdan ish haqlarini undirib berishni so‘rab qilgan murojaatini o‘rganish natijasiga ko‘ra N.Yuldashevaga 14.2 mln. so‘m va O.Ochilovga 9.9 mln. so‘m undirib berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, fuqaro D.Avazova o‘g‘li O‘.Nazarovning Qashqadar viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasidan 4.5 mln. so‘m ish haqlarini undiririb berishni so‘rab qilgan murojaati ham to‘liq qanoatlantirildi. Byuro direktorining hududlardagi sayyor qabullari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:17 11.07.2019. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!