Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda 49 968 nafar kollej bitiruvchisining 4 963 nafariga imtiyozli diplom berildi (foto)

Qashqadaryoda 49 968 nafar kollej bitiruvchisining 4 963 nafariga imtiyozli diplom berildi (foto)

2 iyul kuni Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da kollej bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil Qashqadaryodagi mavjud 135 ta kasb-hunar kollejini 140 ta kasb bo‘yicha 49 968 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lib, shundan 4 963 nafari o‘qishni imtiyozli, qizil diplom bilan tamomlagan.

— Qarshi tumanidagi Agrosanoat kasb-hunar kollejini joriy yil 223 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lib, shundan 22 nafari imtiyozli dimlom olishga muvaffaq bo‘ldi, - deydi kollej direktori Muzaffar Abbosov. – Quvonarlisi, bitiruvchilarimizning aksariyati kollejimiz tarkibida tashkil etilgan ishlab chiqarish majmualarida ish bilan band qilindi. Imtiyozli diplomga ega bo‘lgan o‘quvchilarimiz esa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirish ishtiyoqini bildirgan.        

Tadbir kollej bitiruvchilari uchun tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga ulanib ketdi.

Mehnat yarmarkasida 392 nafar kollej bitiruvchisi va fuqarolar ishga joylashish istagida murojaat qilgan bo‘lsa, 112 nafariga ishga joylashish bo‘yicha korxona va tashkilotlar tomonidan yo‘llanmalar berildi. Yarmarkada 70 nafar mutaxassis ishga joylashdi. 15 nafariga haq to‘lanadigan jamoat ishlari taklif qilingan bo‘lsa, 20 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlanadigan bo‘ldi.

 

 

 

Kiritildi: 14:34 02.07.2019. O'qildi: 5620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!