Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

FOTOFAKT! Qiziqchi Ortiq Sultonov Dehqonoboddagi shaxtada "javlon urmoqda" (+video)

FOTOFAKT! Qiziqchi Ortiq Sultonov Dehqonoboddagi shaxtada "javlon urmoqda" (+video)

Taniqli qiziqchi Ortiq Sultonov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi kaliy zavodiga kelib, ishchilar bilan uchrashdi. 

Xabar qilinishicha, so‘z ustasi zavodning 500 metr chuqurlikdagi shaxtasiga tushgan va u yerda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlashgan. Ularga turli latifalar aytib bergan.

«Men umrimda bunday joylarda bo‘lmaganman. Ba’zida biz o‘zimizni hayotda qiynalayotgandek his qilamiz, san’atdagi, ijoddagi qiyinchiliklardan noliymiz. Lekin bu ishchilarning mehnatiga qoyil qolish kerak. Kurashda «halol» degan tushuncha borku, mana shu ishchilarga qarab men ham «halol», deb baqirdim», — deydi Ortiq Sultonov.

Aytish kerakki, Dehqonobod kaliyli zavodi O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi va bu yerda ikki mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.

Kiritildi: 10:32 17.07.2019. O'qildi: 5819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!