Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chiroqchida dahshatli fojia: ikki kishi o‘ldi, ikki kishi kasalxonada

Chiroqchida dahshatli fojia: ikki kishi o‘ldi, ikki kishi kasalxonada

Joriy yilning 8 iyul kuni soat 14.05 larda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashagan 1994 y.t. SH.Q. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Ettitom-Qarshi” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Annaro‘z qishlog‘ida yashovchi, 34 yoshli SH.L. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi SH.Q. jarohat olib voqea joyida va SH.L. boshqaruvidagi “Neksiya”avtomashinasi yo‘lovchisi 48 yoshli M.B. kasalxonada vafot etganlar .Shuningdek haydovchi SH.L. va uning yana bir yo‘lovchisi 25 yoshli O.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:56 09.07.2019. O'qildi: 3736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!