Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kirmang

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi — u firibgarlikda gumonlanmoqda

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi — u firibgarlikda gumonlanmoqda

27 oktyabr kuni uyidan chiqib ketganicha qaytmagan Zafarobod tumani IIB xodimi M.R topildi. U Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashirinib yurgani aniqlanib, qo‘lga olindi.

Kiritildi: 17:38 11.12.2025. O'qildi: 3209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Odam savdosi qurboni bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlik Myanmadan qaytarildi

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi ma’lum qilishicha, bepul chipta olib berilgan fuqarolar yuqori maoshli ish va’dasiga ishonib Tailandga borgan.

Kiritildi: 17:18 11.12.2025. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Pokistonda Shavkat Mirziyoyev siyosati haqida kitob chop etildi

Xorijlik muallif, pokistonlik taniqli jurnalist va publisist Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans - kelajak konsepsiyasi" kitobi nashrdan chiqdi.

Kiritildi: 17:06 11.12.2025. O'qildi: 3083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Metan "zapravka"lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilmoqda

Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:37 11.12.2025. O'qildi: 6969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Yaponiyaliklar megazilzila kuzatilishidan ogohlantirildi

Shunga qaramay, hukumat aholini kuchli zilzila yuz bersa, 2011 yildagi falokatga o‘xshash oqibatlarga tayyor bo‘lishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 23:45 10.12.2025. O'qildi: 2688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

BMT: G‘azoda portlamagan o‘q-dorilar va portlovchi moddalar aholi uchun xavfli

O‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng yuz minglab odamlar uy-joyini tashlab ketgan G‘azo sektorida portlovchi moddalar va portlamagan o‘q-dorilar tinch aholi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Kiritildi: 15:25 10.12.2025. O'qildi: 1834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Balo qo‘shaloq keldi: Luvrda yana noxush hodisa

Fransiya ramzlaridan sanalgan Luvr muzeyida yana noxush hodisa ro‘y berdi. Parijdagi mashhur muzey ma’muriyati shov-shuv o‘g‘rilikdan hali o‘zi kelmay turib yana bir ko‘ngilsizlikka ro‘para bo‘ldi. Quvurlardagi nosozlik sabab muzey kutubxonasidagi javonlarni suv bosgan. Oqibatda 400 ga yaqin kitob ziyon ko‘rgan. Muzey ma’muri o‘rinbosari Frensis Steynbok suv bosishi oqibatida misrshunoslik bo‘limidagi manbalar zarar ko‘rganini ma’lum qilar ekan, kitob va hujjatlar quritilib, qayta muqovalanishini aytgan. Suv oqishiga sabab bo‘lgan muammo bir necha yildan buyon ma’lum bo‘lib, ta’mir ishi kelgusi yilga rejalashtirilgan edi. Avval xabar berganimizdek, joriy yil 19 oktyabr kuni Luvr muzeyida ro‘y bergan o‘g‘rilik ham shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Parij prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan imperatorlik davriga oid zeb-ziyonat buyumlarining qiymati kamida 88 million yevroga teng. Bu summa faqat bozor bahosi bo‘lib, ularning tarixiy qiymati hisobga olinmagan. O‘g‘rilikdan so‘ng Luvr muzeyi rahbariyati qolgan noyob asarlar va zargarlik buyumlarini xavfsiz joyga — Fransiya bankining yer ostidagi omborlariga ko‘chirishga qaror qilgan. Balo kelsa qo‘shaloq keladi deganlaridek, kuppa-kunduzi muzeyni g‘orat qilib ketgan o‘g‘rilar topilmay, kommunal nosozlik bartaraf etilmay turib, yana bir daxmaza chiqib qoldi. Euronews xabar berishicha, Luvr ishchi-xodimlari 15 dekabrdan e’tiboran noma’lum muddatga ish tashlash e’lon qilmoqda. Kasaba uyushmasi muzeyda xodimlar yetishmasligi, jihozlar eskirgani va texnik qusurlardan norozi. Ishchi-xodimlarga ko‘ra, o‘g‘rilik aysbergning uchi, xolos, aslida muzeyda muammolar to‘planib qolgan. Kasaba uyushmalari binoni modernizasiya qilish, xavfsizlik tizimini takomillashtirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni talab etmoqda. 1793 yilda ochilgan Luvr muzeyi dunyodagi eng yirik va mashhur muzeylardan biri hisoblanadi. Parij markazida, Sena daryosining o‘ng sohilida qad rostlagan moddiy-ma’naviy xazinada G‘arbiy Yevropadan to Eronu Misrga qadar, antik davrdan 1848 yilga qadar — turli davr, turfa jug‘rofiy mintaqalarga oid eksponatlar saqlanadi. 2018 yilda Luvrga rekord darajada — 10 million kishi tashrif buyurgan. 2024 yilda esa ushbu san’at va madaniyat maskanini 8,7 million kishi ziyorat qilgan.

Kiritildi: 13:08 10.12.2025. O'qildi: 2341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Rossiyada An-22 harbiy transport samolyoti qulab tushdi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot havodaligidayoq parchalana boshlagan, uning bo‘laklari Ivanovo viloyatidagi suv omboriga qulagan.

Kiritildi: 21:12 09.12.2025. O'qildi: 3627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

2025 yilda Izroil jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat bo‘lib qoldi

Bu haqda «Reporterlar beg‘arazligi yo‘q» (RSF) tashkiloti tomonidan 2025 yilda jurnalistlarga qaratilgan hujumlar haqidagi hisobotda aytilgan.

Kiritildi: 15:42 09.12.2025. O'qildi: 2212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

"Humans" orqali fuqarolardan pul yechib olinganiga munosabat bildirildi

Markaziy bank shuni ma’lum qiladiki, “Humans companies” AJ va “Octagram” AJ tashkilotlari o‘rtasida 2025 yil 10 aprelda 32-sonli shartnoma imzolangan bo‘lib, unga muvofiq, Humans agent sifatida o‘z mijozlariga to‘lov xizmatlarini (to‘lov va P2P pul o‘tkazmalari) yetkazib berishni boshlagan.

Kiritildi: 15:33 09.12.2025. O'qildi: 3221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Litvada Belarusdan kontrabanda olib kelayotgan havo sharlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi — Reuters

"Belarusdan uchirilayotgan havo sharlari Litvaning milliy xavfsizlik manfaatlariga, shuningdek odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, mulki va atrof-muhitga xavf tug‘dirmoqda", deyiladi Litva hukumatining tegishli qarorida.

Kiritildi: 15:27 09.12.2025. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Isroil Livan janubini havo hujumiga tutdi

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bo‘lishiga qaramay, Isroil hujumlarni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 15:18 09.12.2025. O'qildi: 1796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.