Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiyaliklar megazilzila kuzatilishidan ogohlantirildi

Yaponiyaliklar megazilzila kuzatilishidan ogohlantirildi

Yaponiyaning shimolida 8 dekabr kuni 7,5 magnitudali kuchli zilzila yuz bergan edi. Endilikda rasmiylar megazilzila kuzatilishi ehtimolidan ogohlantirmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi zilzila oqibatida 34 kishi yengil tan jarohati olgan. Ayrim yo‘llar va binolarga zarar yetgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, yangi ogohlantirish aniq prognoz emas, chunki 8 ball yoki undan kuchli zilzila ehtimoli atigi 1 foizni tashkil etadi.

Shunga qaramay, hukumat aholini kuchli zilzila yuz bersa, 2011 yildagi falokatga o‘xshash oqibatlarga tayyor bo‘lishga chaqirmoqda. O‘sha fojiada qariyb 20 ming kishi halok bo‘lgan edi. Rasmiylar bir hafta ichida 8 magnitudali yoki undan kuchli zilzila xavfi oshganini ta’kidladi. Ayniqsa qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchilar tayyor turishga chaqirilgan.

Yaponiya meteorologiya agentligi 8 dekabrdagi kuchli zilzila Xokkaydo va Sanriku qirg‘oqlarida xavfni kuchaytirganini ma’lum qildi. Bu hududlardagi Tinch okeani plitasi ostida Yaponiya va Chishima (Kuril) jarliklari joylashgan bo‘lib, tarixda ko‘plab kuchli zilzilalar aynan shu yerlarda sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 23:45 10.12.2025. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!