O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi ma’lum qilishicha, bepul chipta olib berilgan fuqarolar yuqori maoshli ish va’dasiga ishonib Tailandga borgan.
Biroq u yerdan ular Myanmaga olib ketilib, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘liga tushgan va firibgarlik bilan bog‘liq call-markazda ishlashga majburlangan. Bo‘ysunmaganlar jismoniy qiynoqqa solingan.
O‘zbekistonliklar bilan bir qozog‘istonlik va bir qirg‘izistonlik ham Myanmadan qaytarildi, deb yozadi "Dunyo".